Yangi yil arafasida «Vaqf» xayriya jamoat fondining Samarqand filiali tomonidan homiylar va viloyat “Inson” ijtimoiy markazi bilan hamkorlikda chekka hududlarda yashovchi ijtimoiy ahvoli og‘ir, nochor oilalar, boquvchisi vafot etgan oila farzandlari uchun xayriya tadbirlari o‘tkazildi. Bunda 50 ta ehtiyojmand oilaga birlamchi oziq-ovat mahsulotlari hamda shirinliklar to‘plami xayriya sifatida berildi.Filialning shahar va tumanlaridagi volontyorlari ishtirokida ham xayriya tadbirlari o‘tkazildi. Xususan, Samarqand shahrida “Mehr-2020” jamoasi bilan hamkorlikda boquvchisidan ayrilgan 150 ta oilaga, Urgut tumanida 45 ta ijtimoiy ahvoli og‘ir, bemorlari bor oilalarga...
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi va Malayziyaning Al Buxoriy xalqaro universiteti hamkorligida bir guruh yoshlar Malayziyada ta’lim oladigan bo‘lishdi.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil 14 fevraldagi mamlakatimiz yoshlari bilan muloqotida kambag‘allikni qisqartirishning eng samarali yechimi ta’lim ekani, bilimga chanqoq, lekin oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan yoshlarni xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi, kam ta’minlangan oilalarda hech bo‘lmaganda bitta farzand oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratilishi haqida alohida ta’kidlangan edi.Ana shu ezgu taklifning ijrosi sifatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi...